24-Dekabr, 2025-yil

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili amalda

 

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

Suhbatlar davomida yangi jarayonning qulayliklari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishda ortiqcha byurokratik tartib-taomillar qisqartirilgani va xizmatlar tezlashtirilgani haqida ma'lumotlar berildi.

 

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga joyida javob oldilar.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение