22-Dekabr, 2025-yil

Yillik sarhisob. Dehqon xo‘jaliklariga ortiqcha hisoblangan 465 million so‘mdan ortiq yer solig‘i bekor qilindi

Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari uchun yer solig‘ini hisoblashda alohida tartib belgilangan. Biroq, amaliyotda ushbu tartibga rioya qilmaslik holatlari tadbirkorlarning asossiz moliyaviy yo‘qotishlariga sabab bo‘lmoqda.


Soliq kodeksining 435 va 437-moddalariga asosan, dehqon xo‘jaliklariga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq bazasi yerning normativ qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda soliq stavkasi yerning normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida qo‘llaniladi. Soliq hisoblashda yer uchastkasining noturar obyekt emas, balki qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallanganligi asosiy mezon hisoblanadi.


Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Samarqand viloyatida 14 ta dehqon xo‘jaligiga nisbatan soliq hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Xususan, 2022-2025-yillar uchun mazkur xo‘jaliklarga tegishli bo‘lgan 3,9 gektar yer maydoni, normativ qiymatdan kelib chiqmagan holda, noturar obyekt sifatida (yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan stavkalarda) soliqqa tortilgan.


Biznes-ombudsman devoni tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, dehqon xo‘jaliklariga asossiz ravishda ortiqcha hisoblangan 465,6 million so‘mlik yer solig‘i bekor qilinishi ta’minlandi va fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение