22-Dekabr, 2025-yil

Biznesni 15 daqiqada boshlash: tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar targ‘ib qilinmoqda


Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va sohani raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-sonli Farmoni bu borada muhim qadam bo‘ldi.


Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Adliya boshqarmasi va Biznes-ombudsman devoni hamkorligida Jizzax viloyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlari va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.


Tadbirlar davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan bevosita javob olmoqdalar. Bu kabi targ‘ibot ishlari tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga yaratilayotgan yengilliklardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение