18-Dekabr, 2025-yil

Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun, 18-dekabr kuni Namangan viloyatida tadbirkorlar, nazorat qiluvchi organlar va Biznes-ombudsman devoni xodimlari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.


Tadbirda sohaga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, mutasaddilarga qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni hal etish choralari belgilandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение