Biznes-ombudsman devoni tomonidan hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida ko‘chma savdo faoliyatidagi tizimli to‘siq bartaraf etildi.
Аvval xabar berganimizdek (https://t.me/biznes_ombudsman/9950), K-Savdoda koʼchma savdo obyektini joylashtirish muddatini uzaytirishning texnik imkoniyati yaratilmaganligi tadbirkorlarga bir qator muammolar keltirib chiqarib, ularga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʼllanilishiga sabab boʼlayotgan edi.
Birgina Qashqadaryo viloyatida koʼchma savdo obyektini joylashtirish muddati tugagan 644 nafar tadbirkorlik subyektlarining faoliyati toʼxtab qolgan edi.
Mas'ul idoralar tomonidan tizimli choralar ko'rilishi natijasida tadbirkorlar uchun elektron blanka orqali muddatni onlayn uzaytirish imkoniyati yaratildi.
E'tibor bering!
Vazirlar Mahkamasining 485-son qaroriga muvofiq, ko‘chma savdo joylari ko'pi bilan 36 oygacha, muzlatkichlar, bekatlar va elektromobil quvvatlash stansiyalari uchun — 120 oygacha ijaraga beriladi.
Roʼyxatdan oʼtishda koʼrsatilgan koʼchma savdo obyektini joylashtirish davrining tugash sanasidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyekti koʼchma savdo joyini boʼshatishi yoki shartnomani uzaytirishi lozim.