16-Dekabr, 2025-yil

Yillik sarhisob. Subsidiya ajratilishidagi masalalar bartaraf etildi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va imtiyozlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha tizimli tahlil va monitoring ishlari izchil olib borilmoqda.


Avval xabar berganimizdek (https://t.me/biznes_ombudsman/9992), "Agro-subsidiya" YaAT orqali paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash boʻyicha davlat tomonidan kafolatlangan subsidiyalar ajratilishi holati oʻrganildi.


Mazkur yoʻnalishda 2025-yilning oʻtgan davrida Navoiy viloyatida 904 ta ariza kelib tushgan boʻlib, ularning 878 tasi oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan. Natijada tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun subsidiya oʻz vaqtida ajratilmaganligi maʼlum boʻldi.


Jumladan, “Agrobank” ATB Navoiy viloyat boshqarmasi va hududiy filiallari tomonidan 47 ta, qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan 59 ta, "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalari tomonidan 144 ta, Fermerlar kengashi tomonidan 45 ta, Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan 36 ta tadbirkor arizasi koʻrib chiqilishida harakatsizlikka yoʻl qoʻyilgan.


Natijada Vakil devoni tomonidan tegishli tashkilotlarga 7 ta xulosa kiritildi, 6 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida harakatsiz qolgan 878 murojaat koʻrib chiqilishi, 385 ta ariza boʻyicha 1,459 mln soʻm miqdordagi subsidiya ajratilishi, 247 ta tadbirkorning huquqlari tiklanishi taʼminlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение