15-Dekabr, 2025-yil

"Biznes hamroh" loyihasi amalga oshiriladi

"Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–375-son, 13.12.2025 y.) qabul qilindi.

 

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:

— 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni "yagona darcha" tamoyili asosida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;

 tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga mo‘ljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.

 

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga "yagona darcha" tamoyili asosida ko‘rsatish bo‘yicha "Biznes hamroh" loyihasi amalga oshiriladi.

 

"Biznes hamroh" loyihasi doirasida:

  Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan "Biznes hamroh" markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

  dastlabki bosqichda "Biznes hamroh" markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение