11-Dekabr, 2025-yil

Biznes-ombudsman yordamida tadbirkorga 208 mln so‘m to‘lab berildi

Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Jasur” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) to‘lovni undirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, viloyat Sport boshqarmasi tomonidan 40 dona velosiped sotib olish bo‘yicha LOT e’lon qilingan. “Jasur” MChJ bilan imzolangan shartnomaga asosan, tadbirkor 40 dona velosipedni yetkazib bergan.


Biznes-ombudsman devoni aralashuvidan so‘ng, Xorazm viloyati sport boshqarmasining xarid komissiyasi a’zolari tomonidan tadbirkorga tegishli qolgan (70 foiz) 208 mln so‘m miqdoridagi to‘lov tadbirkorlik subyektining hisob-raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение