3-Dekabr, 2025-yil

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan toʻxtab qolgan yirik qurilish loyihasi qayta tiklandi

Namangan shahrida faoliyat yurituvchi “Home future” (nomi oʻzgartirilgan) MCHJ faoliyati viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan toʻxtatib qoʻyilgan. 


Aniqlanishicha, tadbirkor tomonidan 9 qavatli turar-joy binosini qurish jarayonlari monitoring qilinganda vaziyat toʻliq oʻrganilmay turib, tegishli qonunchilik talablari buzilgan degan vaj bilan qurilish ishlarini toʻxtatish talabi qo'yilgan.


Tadbirkor ushbu masalada inspeksiyaga bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, loyihani davom ettirishga ruxsat ololmagach, Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.


Loyihaning umumiy qiymati 150 milliard soʻmni (70 foizi bank krediti) tashkil etib, unga asosan 16 ta uyda jami 1 500 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlarining  toʻxtatilishi oʻz navbatida doimiy asosda mehnat qiluvchi 300 dan ortiq ishchining ishsiz qolishi va 2 milliard soʻmdan ortiq muddati oʻtgan kredit qarzdorligi hosil boʻlishi xavfini tugʻdirgan.


Mazkur holat toʻliq oʻrganilib, tadbirkor tomonidan qonun hujjatlari talabi buzilmaganligi aniqlandi va Biznes-ombudsman devoni tomonidan kiritilgan taqdimnoma natijasida tadbirkorning qonuniy faoliyati tiklanilishi, qonun talabi buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdorga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishi taʻminlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение