2025-yil 1-dekabrdan kuchga kiradigan qonunchiligimizdagi tadbirkorlikka oid asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?
Turizm sohasi
mutaxassislari qayta tayyorlanadi
2025-yil
1-dekabrdan boshlab turizm sohasi subyektlari mutaxassislari o‘z mablag‘lari
hamda ish beruvchi va buyurtmachi tashkilotlarning mablag‘lari (byudjetdan
tashqari mablag‘lari) hisobidan shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi
oshiriladi.
Iste’molchilar
murojaatlarini ko‘rib chiqishning yangi tizimi joriy etiladi
Iste’molchilarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil
1-dekabrdan boshlab «iste’molchi — tadbirkor — nodavlat notijorat tashkilotlar
— davlat organlari» tizimi joriy etiladi.
Tadbirkorlikni
rivojlantirish kompaniyasi kafolatlari
2025-yil
1-dekabrdan «Tadbirkorlikni rivojlantirish Kompaniyasi» AJ tomonidan qo‘shimcha
ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilangan:
(a) yirik
tadbirkorlik subyektlariga 10 milliard so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank
kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
(b)
Kompaniyaning kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan tartibda o‘rta va yirik
tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va «yashil»
iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanasidan kelib
chiqib, 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
(v) avval
kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan
tadbirkorlik subyektlariga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5
baravargacha oshirgan holda;
(g) garov
ta’minoti bo‘yicha yuzaga kelgan taqchillikni bartaraf etish uchun barcha
toifadagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan miqdorlar doirasida ajratilgan
kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga.
«Raqamli qishloq
xo‘jaligi» platformasidagi yangi xizmatlar joriy qilinadi
«Raqamli
qishloq xo‘jaligi» yagona integratsion platformasida quyidagi xizmat turlari
joriy qilinadi:
(a)
2025-yil 1-dekabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga
berish yuzasidan:
(i)
ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish,
davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish;
(ii)
ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarda mahsulot yetishtirishga kreditlar olish
uchun hujjatlarni rasmiylashtirish.
Atrof-muhit davlat
monitoringi ma’lumotlarining ochiqligi ta’minlanadi
2025-yil
1-dekabrdan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat
monitoringi tizimi ma’lumotlar bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini
ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi:
(a) har
yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va
ko‘chatlar haqida (manzili, parvarishlash uchun mas’ul shaxslar, ko‘chat turi
va b.);
(b) davlat
o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida
taqdim etilgan arizalar haqida (murojaatchilar, daraxtlar soni, turi va
manzili) va daraxtni kesish bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvi
haqida (sanasi, vaqti, manzili va natijalari);
(g) suv
havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy
tartibini buzgan shaxslar haqida;
(d)
mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga ehtimol tutilgan
ta’siri masalalarini aholi va jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish maqsadida
tashkil etilgan jamoatchilik eshituvlari natijalari haqida;
(ye)
strategik ekologik baholash obyektlari, jumladan, shaharsozlik hujjatlarining
barcha turlari, davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish
kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda
rivojlantirish sxemalarining loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshituvi
natijalari haqida;
(j)
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘tkazilgan reydlar,
tekshiruvlar, monitoringlar natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va
ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida;
(z)
hududlarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun biriktirilgan
sanitar-tozalash korxonalari haqida (korxona nomi, rahbari va uning o‘rinbosari
familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning telefon raqamlari, dispetcherlik
xizmati va murojaatlarni qabul qilish xizmati ma’lumotlari, qattiq maishiy
chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafiklari);
(i)
chiqindilarni qabul qilish, saralash, qayta ishlash va yoqish orqali muqobil
energiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar haqida (korxona
nomi, faoliyat turi, telefon raqamlari, ikkilamchi xomashyo, saralangan chiqindilarni
qabul qilish maskanlari manzillari).
Bojxonada «Tolling
operatsiyalari» moduli joriy etiladi
2025-yil 1-dekabrdan boshlab bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Tolling operatsiyalari» moduli amaliyotga joriy etiladi.