28-Noyabr, 2025-yil

Tadbirkorning elektr qarzdorligi bo'yicha murojaati ijobiy hal etildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat ko'rsatuvchi "Urgut biznes" (nomi o'zgartirilgan) MChJ rahbari qarzdorlik masalasida amaliy yordam so'rab Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, korxona elektr energiyasi uchun o'z vaqtida (har oyda o'rtacha 5-6 mln so'm) to'lovlarni amalga oshirib kelayotganiga qaramay, qariyb 1 mlrd so'm miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan.


Mazkur holat "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" asosida O'zenergoinspeksiyaning Samarqand viloyati bo'limi hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo" filiali bilan hamkorlikda batafsil tahlil qilindi.


O'tkazilgan o'rganishlar natijasida MChJga asossiz hisoblangan 716 mln so'm qarzdorlik va 265 mln so'm penya bekor qilinishi ta'minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение