“Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–358-son, 27.11.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan:
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.