27-Noyabr, 2025-yil

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3221-8, 26.11.2025 y.).

 

Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar belgilandi.

 

Yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha YaTTlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu bo‘yicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.

 

Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.

 

Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.

 

Mazkur hujjat 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение