26-Noyabr, 2025-yil

Tadbirkorlarning huquqiy xabardorligini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatiga oid majburiy talablar bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.


Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimi, Transport nazorati inspeksiyasi yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish Xorazm viloyati hududiy bo‘limi, Savdo-sanoat palatasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi vakillari va  tadbirkorlar ishtirok etdi.

Treningda tadbirkorlar uchun  yaratilayotgan yangi imkoniyat va yengilliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение