21-Noyabr, 2025-yil

Tadbirkorlarga hisoblangan qarzdorliklar tizimli o‘rganilmoqda

Biznes-ombudsman devoni energiya ta’minoti korxonalari tomonidan tadbirkorlarga elektr energiyasi va boshqa resurslar uchun hisob-kitoblar chiqarilishi holatlarini tizimli tahlil qilmoqda.


Tahlillar "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" asosida hisob-kitob qilishda, ayniqsa, hisoblagich va transformatorlar bilan bog‘liq vaziyatlarda tadbirkorlik subyektlariga yuqori miqdordagi qarzdorliklar hisoblanib, ularning faoliyatiga ta’sir o‘tkazayotganini ko‘rsatmoqda.


Misol uchun, Urganch shahridagi "Sayohat" (nomi o‘zgartirilgan) MCHJga dastlab 3,8 mlrd so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik chiqarilgan edi.


Tadbirkorning murojaati asosida Biznes-ombudsman devoni ko‘magida qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Qayta o‘rganish natijasida, aniq miqdor 18,640 kVt*soat, ya’ni 18 mln so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, tadbirkorning 3,8 mlrd so‘mlik qarzi 18,6 mln so‘mga tushirildi va uning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.


Hurmatli tadbirkorlar, energiya resurslarini hisoblashda yoki boshqa davlat organlari bilan munosabatlarda tizimli muammolarga duch kelsangiz, 1100 qisqa raqami yoki telegram guruhi (https://t.me/biznesombudsmangamurojaat) orqali Biznes-ombudsman Devoniga murojaat qiling.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение