Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 390 315 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida ularning soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 93 478 ta;
Toshkent viloyatida – 38 471 ta;
Samarqand viloyatida – 33 171 ta;
Farg‘ona viloyatida – 30 427 ta;
Buxoro viloyatida – 24 268 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 24 149 ta;
Xorazm viloyatida – 22 961 ta;
Namangan viloyatida – 21 650 ta;
Andijon viloyatida – 20 654 ta;
Surxondaryo viloyatida – 19 827 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 19 060 ta;
Navoiy viloyatida – 17 946 ta;
Jizzax viloyatida – 14 731 ta;
Sirdaryo viloyatida – 9 522 ta.