15-Noyabr, 2025-yil

Jizzaxda tadbirkorlar muammolarini joyida hal etish choralari ko‘rildi


Jizzax viloyatida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi manzilli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Forish tumanida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat prokurori B. Ibroximov, Biznes-ombudsman Jizzax sho‘basi boshlig‘i S. Usmanov va mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida 35 nafar tadbirkordan ularning faoliyatiga oid 22 ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Qabul qilingan murojaatlardan 5 tasi joyida, tezkorlik bilan ijobiy yechimini topdi. Qolgan 17 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab etilganligi sababli, ularni hal etish uchun tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi va har bir murojaat alohida nazoratga olindi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение