O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 5-noyabrdagi buyrug‘i bilan Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga muvofiq, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma olish tartibi belgilandi.
Oldin qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilardi. Endilikda faqat ruxsat olgandan keyingina boshlash mumkin bo‘ldi.
Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Qurilish va uy-joykommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga murojaat qilib ruxsatnoma olinadigan bo‘ldi.