13-Noyabr, 2025-yil

Davlat xaridlarida tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar

Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va korrupsiyasiz biznes muhitini yaratish borasidagi xalqaro hamda milliy tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda.


Shu kunlarda Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini Markaziy Osiyoda tezkor amalga oshirish bo'yicha Mintaqaviy platformaning ikkinchi yillik konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.


O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Biznes-ombudsman devoni xodimi Alisher Xalikov davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida nutq so'zladi.


Shuningdek, konferensiya doirasida «Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish va bartaraf qilish» hamda «Biznesda halollik va axloqiy qadriyatlarni rag'batlantirish» kabi masalalarda tajriba almashildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение