12-Noyabr, 2025-yil

Andijonda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi

Biznes-ombudsman devoni Transport nazorati inspeksiyasi bilan hamkorlikda Andijon shahrida tadbirkorlik subyektlari va nazorat qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.


Ushbu tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini yanada oshirishga e’tibor qaratildi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoni hamda qonunchilikka yaqinda kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar bilan yaqindan tanishtirildi.


Bugungi kunda Andijon viloyatida 88 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 382 ta yoʻnalishda aholini tashish bilan shugʻullanmoqda. Ushbu tadbirkorlarning jami 139 ta avtobus, 25 ta mikroavtobus, 6017 ta "Damas" rusumli avtomashinalari mavjud. Bu transport vositalarining barchasi belgilangan tartibda litsenziya varaqalari asosida xizmat koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari, 20 ta tadbirkorning turli rusumdagi 80 ta yuk avtomobili mavjud boʻlib, ular yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.  4 ta tadbirkor qurilish sanoati uchun materiallar (qum, shagʻal va boshqa xom ashyo) qazish bilan shugʻullanadi.


Shuningdek, uchrashuv doirasida tadbirkorlar uchun alohida qabullar tashkil etilib, ularning murojaatlari tinglandi va mas’ullar tomonidan muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение