14 марта 2026 г.

Biznes-ombudsman jamoasi ham yurt obodligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda – FOTOREPORTAJ


Joriy yilning 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.


Ushbu ezgu tashabbus doirasida bugun, 14-mart kuni Biznes-ombudsman devoni xodimlari ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar.


Hashar davomida devon xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.


Jumladan, atrof-muhit va yo‘laklar turli chiqindilardan tozalanib, daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi.


Shuningdek, irrigatsiya tarmoqlari tartibga keltirilib, hududning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.


Bu kabi tadbirlar nafaqat hududlar ozodaligini ta’minlashga, balki jamoada hamjihatlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Zero, ona tabiatni asrash va yurtni obod qilish har birimizning burchimizdir.










Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение