6 марта 2026 г.

Biznes-ombudsman va UNODC: korrupsiyasiz va halol biznes muhiti yo‘lidagi hamkorlik


Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining (UNODC) Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashdi.


Uchrashuvda ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, «Biznesda halollik» forumi va O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi kabi tashabbuslar yurtimizda shaffof ishbilarmonlik muhitini yaratishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.


Uchrashuv davomida Biznes-ombudsman sohadagi navbatdagi qadamlar haqida to‘xtalar ekan, hujjatni ishlab chiqishning o‘zi yetarli emasligi, uning amaliyotga samarali tatbiq etilishi muhimligi, biz uchun Xartiya qoidalari shunchaki qog‘ozda qolmay, tadbirkorlarning kundalik faoliyatiga singishi va ularga real yordam berishi asosiy vazifa ekanligini ta’kidlladi.


Hamkorlikdagi bunday tizimli qadamlar tadbirkorlar uchun nafaqat huquqiy himoya, balki halol raqobat va xalqaro standartlarga mos erkin iqtisodiy maydon yaratilishiga xizmat qiladi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение