2 марта 2026 г.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

“Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–70-son, 21.02.2026-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan ma’muriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisiga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘loviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsientlar qo‘llaniladi.

 

Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari bo‘yicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga 2027-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

 

2028-yil 1-yanvarga qadar:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida bo‘lgan mol-mulk ob’ektlari bozor narxida qayta baholanib, 10 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinadi;

 

realizatsiya qilingan mol-mulk ob’ektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 6 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение