26 февраля 2026 г.

Biznes-ombudsman Surxondaryoda tadbirkorlik rivoji va yangi loyihalar bilan tanishdi – FOTOREPORTAJ


Bugun, 26-fevral kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriev Surxondaryo viloyatida bo‘lib, hududning iqtisodiy salohiyatini o‘rgandi va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qildi.


Tadbir davomida viloyatning sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi yetakchi korxonalar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Xususan, Biznes-ombudsman Termiz tumanidagi "Lamos Agro" MChJ, "Surxon Art Keramics" MChJ, "Norxamid Bobo" fermer xo‘jaligi va "Afrosiyob Parranda" MChJ kabi tadbirkorlik subyektlarida bo‘ldi.


Uchrashuvlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, eksport imkoniyatlari va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.


Tadbirkorlar o‘z faoliyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muammo va takliflarini shaxsan Biznes-ombudsmanga bayon qildilar.


Har bir murojaat yuzasidan qonuniy yechimlar va amaliy ko‘mak berish choralari belgilandi.


Shuningdek, Biznes-ombudsman Qumqo‘rg‘on tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib, aholining yashash sharoitlari va hududdagi tadbirkorlik muhitini o‘rgandi.


Jumladan, "Surxon sohili", "Bog‘aro", "Guliston" va "Azlarsoy" MFYlarida bo‘lib o‘tgan o‘rganishlarda aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalariga urg‘u berildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение