26 февраля 2026 г.

Tadbirkorning mulki «qog‘ozda» ikki baravar ko‘paytirilgan: 3 yillik sarsongarchilikka nuqta qo‘yildi

 

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida faoliyat yurituvchi “IAMI” MChJ tomonidan ortiqcha hisoblangan yer solig‘ini bekor qilishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

 

Aniqlanishicha, jamiyatga tegishli yer maydoni 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra amalda 45.700 kv.m. ni tashkil etgan. Biroq Davlat kadastrlari palatasi Ishtixon tuman filiali mas’ullari tomonidan 2022-yil 13-dekabr kuni soliq organlari bilan integratsiyalashgan axborot tizimi orqali yuborilgan ma’lumotlarda yer maydoni 82.900 kv.m. deb noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Natijada jamiyatga yer solig‘i asossiz ravishda ortiqcha hisoblangan.

 

E’tiborli jihati shundaki, tadbirkor ushbu xatolikni tuzatish maqsadida 3 yil davomida bir necha marta Kadastrlar palatasiga murojaat qilgan bo'lsa-da, uning muammosi hal bo'lmasdan kelgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 28-moddasida, o‘z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yerlardan foydalanganlik uchun haq to‘lashi belgilangan. Biroq ushbu holatda kadastr organlari tomonidan tadbirkorlik subyektining egaligida va foydalanishida bo‘lmagan yer uchastkasi uchun soliq idorasiga noto‘g‘ri ma’lumot yuborilgan va shu asosida unga nisbatan ortiqcha soliq hisoblangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Vakil devoni tomonidan Kadastr agentligiga taqdimnoma kiritildi. Ko‘rilgan choralar natijasida jamiyatga tegishli yer maydoni hajmini amaldagi 45.700 kv.m. ga muvofiqlashtirish bo‘yicha soliq organlariga aniqlashtirilgan ma’lumot yuborilishi hamda ortiqcha hisoblangan soliq summalarini bekor qilish ta’minlandi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение