25 февраля 2026 г.

Hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda


Biznes-ombudsman devoni vakillari, mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida respublikaning turli hududlarida tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tgan ochiq muloqotda Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori F.Axmedov, tuman hokimi B.Gaibnazarov hamda prokuratura va soliq idoralari rahbarlari ishtirok etdi. Natijada 50 dan ortiq tadbirkorning murojaati tinglandi. Muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.


Jizzax viloyatida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori S.Usmonov ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.


Forish tumanida Xalq qabulxonasida o‘tgan sayyor qabulda infratuzilma (elektr, suv, yo‘l), kredit ajratish va sel toshqinlarining oldini olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi.


Sharof Rashidov tumanida Viloyat prokurori B.Ibroximov bilan hamkorlikda 25 nafar tadbirkorning 30 ga yaqin muammosi o‘rganildi. 6 ta murojaat joyida yechimini topdi, qolganlari bo‘yicha vazifalar belgilandi.


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar hokimligida Biznes-ombudsman devoni va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda asosiy e’tibor yer ajratish, kredit, infratuzilma, davlat xizmatlari, soliq va bojxona tartib-taomillariga qaratildi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение