24 февраля 2026 г.

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

“Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini ta’minlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

 

yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil ma’lumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

 

ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq ma’lumotlar maydonini yaratish;

 

tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

 

2026-yil 1-avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение