19 февраля 2026 г.

Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi


Bugun, 19 fevral kuni Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega mansabdor shaxslarining malakasini oshirish kursi tashkil etildi.


Mazkur o‘quv kursining asosiy diqqat markazida soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish masalalari turdi. 


Shu maqsadda, nazorat qiluvchi organlar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish orqali soliq ma’muriyatchiligi jarayonida shaffoflikni ta’minlash yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, tekshirishlarni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tekshirish o‘tkazishning huquqiy asoslari yuzasidan ishtirokchilarning malakasi oshirildi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение