17 февраля 2026 г.

Toshkentda «Soliq forumi – 2026» bo‘lib o‘tdi


Bugun, 17 fevral kuni Toshkentda moliyaviy direktorlar, yirik soliq to‘lovchilar, soliq maslahatchilari va soha mutaxassislarini birlashtirgan «Soliq forumi – 2026» o‘tkazildi. 


Forum doirasidagi «Soliq nizolari: sudgacha mexanizmlar va sud himoyasi» sessiyasida Biznes-ombudsman mas’ul xodimi Dilshod Nasretdinov ishtirok etdi. U o‘z chiqishida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda soliq nizolarini hal etishning amaldagi tizimi va undagi og‘riqli muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi.


Shuningdek, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, nizoli vaziyatlarda biznes uchun shaffof muhit yaratish va asossiz tekshiruvlardan himoyalanish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Muhokamalar markazida soliq to‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini sudgacha bo‘lgan bosqichda samarali himoya qilish mexanizmini kuchaytirish masalasi turdi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение