17 февраля 2026 г.

Markaziy bank xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi


Bugun, 17-fevral kuni Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish kursi tashkil etildi.


Tadbirning asosiy e’tibori tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va asossiz tekshiruvlar kabi dolzarb muammolarga barham berishga qaratildi.


Zero, bunday salbiy holatlar biznes muhiti rivojlanishiga bevosita to‘sqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.


Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida nazorat qiluvchi organlar xodimlarining mas’uliyati va bilim darajasini oshirishga alohida urg‘u berilmoqda.


Olib borilgan o‘quv kursi davomida ishtirokchilarga tekshirish jarayonlarini qonuniy tartibda o‘tkazish, tadbirkorlar huquqlariga rioya qilish, vakolatli organlarni xabardor qilish hamda samarali profilaktika tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение