10 февраля 2026 г.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etiladi

 “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–17-son, 04.02.2026-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

 

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Agentlik);

 

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifa, funksiya va vakolatlari Agentlikka o‘tkaziladi.

 

2026-yil 1-iyuldan:

Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantiradi va e’lon qilib boradi;

 

O‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni o‘zlashtirgan tadbirkorlar bilan o‘rnatilgan tartibda kafolatli xarid shartnomalari tuziladi;

 

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirishda mahsulotlarni ishlab chiqarishda yaratilgan qo‘shilgan qiymat ulushi qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlarga kiritiladi.

 

2027-yil 1-yanvardan:

Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida davlat xaridlarida xarid predmetini texnologik zanjirlar, funksional bosqichlar va ish turlari kesimida alohida lotlarga bo‘lish amaliyoti joriy etiladi;

 

Korporativ buyurtmachilarda “professional xaridor” sertifikatiga ega mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 2028-yil 1-janvardan boshlab ular davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

 

2026-yil 1-iyuldan vositachi-broker va (yoki) dilerlarga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish orqali ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni davlat xaridlarida sotish huquqi beriladi.

 

2026-yil 1-apreldan boshlab budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan taklif etilgan eng past import tovarlarining narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

 

3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;

 

2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;

 

1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida.

 

2026-yil 1-sentabrdan davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi.

 

Bunda elektron-skoring tizimi vositasida ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “o‘rta”, “past” va “eng past” ishonchlilik darajalari beriladi.

 

Yuqoridagilar asosida quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:

 

“Yuqori” ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat to‘lash talab etilmaydi;

 

Eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qo‘shimcha ball beriladi;

 

Davlat xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “yuqori” bo‘lgan davlat xaridlari ishtirokchilarining nomzodlari qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Shuningdek, davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “past” va “eng past” bo‘lgan ishtirokchilarning:

 

Xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan me’yorlar belgilanadi;

 

Bepul onlayn o‘quv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение