27 января 2026 г.

Qoraqalpog‘istonda ma’muriy sud sudyalari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Biznes-ombudsman devoni, Majburiy ijro bürosi va Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyalari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.


Tadbirning asosiy diqqat markazida sud amaliyotida qonun hujjatlarini bir xil qo‘llash hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini samarali himoya qilish masalalari turdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi qarori bilan kredit, garov munosabatlari va yerga oid nizolarni ko‘rib chiqish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Sudyalar tomonidan kreditni muddatidan oldin undirish, garovdagi mulkka undiruv qaratish hamda yer ijarasi bilan bog‘liq nizolarda yagona yondashuvni ta’minlash bo‘ycha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение