27 января 2026 г.

Brifing: 2025-yilda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar sarhisobi

 

Bugun, 27-yanvar kuni Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova tomonidan 2025-yilda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

 

2025-yil davomida Biznes-ombudsmanga jami 9 ming 555 ta murojaat kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning qariyb 48 foizi qanoatlantirilib, ular bo‘yicha tadbirkorlar huquqlari tiklandi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

E’tiborli jihati shundaki, murojaatlarning asosiy qismi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi. Eng ko‘p murojaatlar soliq, yer va kadastr, mansabdor shaxslar qarorlari, shuningdek, tekshiruvlar va bank-kredit masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Tadbirkorlar bilan muloqotda muhim platforma bo‘lgan “Tadbirkor virtual ofisi” orqali ham faol ish olib borildi. Ushbu platformaga 7 ming 507 ta murojaat kelib tushib, ularda ko‘tarilgan 8 ming 640 ta masala ko‘rib chiqildi. Bu raqamlar tadbirkorlar davlat idoralariga ko‘proq elektron murojaat qilishayotganini ko‘rsatadi.

 

2025-yilda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish doirasida jami 3 ming 241 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi. Natijada:

 

220 ta noqonuniy qaror bekor qilindi;

 

10 mlrd so‘m mablag‘ tadbirkorlarga qaytarildi;

 

16 mlrd so‘m qarzdorlik bekor qilindi;

 

40,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishildi.

 

O‘tgan yili tekshiruvlar masalasi ham doimiy e’tibor markazida bo‘ldi. 2025-yilda 148 mingdan ortiq tekshiruvlar muvofiqlashtirildi. Monitoring natijasida 9 ming 994 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shundan 567 tasi noqonuniy tekshiruvlar, 9427 tasi tekshiruvlar o‘tkazish tartibini buzish holatlaridir. Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan 1072 ta ma’muriy choralar qo‘llanildi va 103 ta jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo‘naltirildi.

 

Shu bilan birga, o‘tgan yil davomida nazorat qiluvchi organlar xodimlariga tekshiruv o‘tkazish borasidagi qonunchilik tartiblarini tushuntirish maqsadida 462 ta seminar o‘tkazilib, ularda 26 mingdan ortiq mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

 

Shuningdek, nazorat qiluvchi organlarning 8 682 ta xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 76 foizi tadbirkorlar faoliyatida tekshiruv o‘tkazishda yetarli malakaga ega deb topildi.

 

2025-yil davomida qonunchilik ijrosi nazorati doirasida 14 ta nazorat organi faoliyati o‘rganilib, 105 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu holatlar yuzasidan taqdimnomalar kiritilib, ma’muriy va intizomiy choralar qo‘llanildi.

 

Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishida ham tizimli ishlar amalga oshirildi. 2025-yilda 6 ta qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi, 898 ta normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, ular bo‘yicha 780 ta taklif va e’tirozlar bildirildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение