
Sayhunobod tumanida tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlarini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman hokimligida tashkil etilgan mazkur tadbirda murojaatlar bevosita Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori Alisher Ibodullayev, tuman hokimi Komiljon Mullajonov hamda tuman prokurori Bekmurod Kurbanov tomonidan tinglandi.

Qabul davomida tadbirkorlik faoliyati uchun muhim bo‘lgan yer, kredit, soliq, kommunal xizmatlar va bandlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Uchrashuv samarasi o‘laroq, 15 ta murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

