24 января 2026 г.

Tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi.


Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori S.Usmanov, viloyat prokurori B.Ibroximov, tuman hokimi Sh.Darvishev hamda viloyat sudi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq boshqarmalari va boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida 80 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi. Xususan, 18 nafar tadbirkor o‘z faoliyatida yuzaga kelayotgan turli to‘siqlar va dolzarb masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir holat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение