Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida faoliyat yurituvchi “B.T.” MCHJ rahbari soliq organi tomonidan qo‘llanilgan jarimadan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, tadbirkorlik subyekti faoliyatida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasining qaroriga asosan moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
O‘rganish natijasida tekshiruv belgilangan vaqtda o‘tkazilmaganligi (muddatidan o‘tib ketganligi) aniqlanib, mazkur holat bo‘ycha aybdor mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.
Shu bilan birga, Biznes-ombudsman tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga kiritilgan apellyatsiya shikoyati asosida soliq organining jarima qo‘llash haqidagi qarori haqiqiy emas deb topildi.
Ta’kidlash lozimki, tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlariga barham berish hamda tekshiruvlar qonuniyligini ta’minlash borasidagi monitoring tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.