12 января 2026 г.

Biznes-ombudsman qo‘shma korxona manfaatlarini sudda himoya qildi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “R.O.T.” qo‘shma korxonasi sudda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, qo‘shma korxona Sherobod tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bitum mahsulotlarini yetkazib bergan bo‘lsa-da, muassasa to‘lovlarni amalga oshirmagan. Mazkur holat yuzasidan sudga murojaat qilingan va da’vo qanoatlantirilgan. Biroq, Surxondaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi shartnoma g‘aznachilik xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini vaj qilib, qarorni bekor qilishni so‘rab kassatsiya shikoyati kiritgan.

Byudjet kodeksining 122-moddasiga asosan shartnomani g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorning emas, balki davlat tashkilotining majburiyati sanaladi. Shuningdek, Oliy sud Plenumi qarorlariga ko‘ra, shartnomaning g‘aznachilikdan o‘tmaganligi tadbirkor tomonidan haqiqatda yetkazib berilgan tovarlar uchun haq undirishni rad etishga asos bo‘lolmaydi.

Natijada, Surxondaryo viloyati sudi kassatsiya instansiyasida tadbirkor huquqi himoya qilinib, yetkazib berilgan mahsulot haqini undirish haqidagi qaror o‘zgarishsiz qolishiga erishildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение