12 января 2026 г.

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Xovos tumanida fermerlarning yerlarini ommaviy ravishda olib qo‘yishga harakat qilinayotganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


"Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.


Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa sud tomonidan oʼzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Hozirda mazkur holat Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olinib, o'rgаnilmoqda.


 Davlat organlariga eslatma! 


Fermer xo'jaliklari bilan yerga oid munosabatlarda qonun talablariga, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta'minlanishiga rioya qilishni so'rab qolamiz. 

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение