8 января 2026 г.

Tadbirkorlar uchun soliq hisobotini o‘z vaqtida topshirmaganlik uchun jarimalar miqdori kamaytirildi

 2026-yil 1-yanvardan agar tadbirkor hisobot davrida bir nechta soliq turlari boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etmagan bo‘lsa, barcha taqdim etilmagan hisobotlar boʻyicha umumiy bitta jarima qoʻllaniladi (https://t.me/soliqnews/15987).

Avval har bir soliq hisobotini belgilangan muddatdan kechiktirib topshirish holati uchun alohida jarima qo‘llanilgan.


 Shuningdek, soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy jarima miqdori 

 kichik biznes subyektlarining mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 10 baravaridan 3 baravariga;

  fuqarolar uchun BHMning 3 baravaridan 1 baravariga tushiriladi.


Amaldagi qonunchilikka muvofiq, kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirma va kichik korxonalar kiradi (https://lex.uz/docs/-2006789#:~:text=son%29-,5,quyidagilardir).


Oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun 5 kungacha ma’muriy jarima qo‘llanilmaydi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение