7 января 2026 г.

Tadbirkorning 500 gektar yerini zaxiraga qaytarishga oid qaror bekor qilindi va auksion orqali sotilishi oldi olindi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida faoliyat yurituvchi “A.M.Ch.” fermer xo‘jaligi yer maydonini zaxiraga qaytarish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Xalq deputatlari Ko‘kdala tumani kengashi qarori bilan fermer xo‘jaligiga tegishli 500 gektar yer maydoni “o‘z xohishi bilan qaytarilgan” degan asosda zaxiraga olingan va auksionga chiqarilgan. Vaholanki, fermer yerdan voz kechish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ariza bermagan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022-yildagi PF-198-son Farmoniga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish bekor qilingan. Bunda yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.


Biznes-ombudsman tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining qarori bilan quyi kengashning noqonuniy qarori bekor qilindi. 500 gektar yerning auksion orqali sotilishi oldi olinib, tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение