6 января 2026 г.

KPIga asosan tekshiruvlarga «plan» belgilash tadbirkorlarga zarar yetkazish xavfini oshiradi!

Biznes-ombudsman devonida nazorat qiluvchi organlarning faoliyat samaradorligini baholash KPI ko‘rsatkichlarining mezonlari tahlil qilindi.


Aksariyat nazorat qiluvchi organlarda inspektorlar uchun tekshiruvlar soni bo‘yicha «reja» belgilangani va ushbu ko‘rsatkich har chorakda oshirib borilishi aniqlandi.


 KPI ko‘rsatkichlari ortidan quvish tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar va asossiz tekshiruvlar ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Biznes-ombudsman tomonidan barcha nazorat qiluvchi organlarga Ogohlantirish xati kiritildi.


Hozirgi kunda Davlat rahbarining Farmoniga asosan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali va rejadan tashqari takroriy tekshiruvlar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilingan.


Hurmatli tadbirkorlar!

Agar faoliyatingizga davlat tashkilotlari tomonidan noqonuniy aralashuvlar bo‘lsa yoki asossiz tekshiruvlar o‘tkazishga urinilsa, zudlik bilan Biznes-ombudsmanga murojaat qiling!


📞1100 qisqa raqami yoki  📞71 202 08 98 telefon raqami, info@biznesvakil.uz elektron manzili yoki telegram guruhi (https://t.me/biznesombudsmangamurojaat) orqali Biznes-ombudsman devoniga yuboring!

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение