25 декабря 2025 г.

Yillik sarhisob. Tadbirkorlarga hisoblangan qariyb 900 mln so‘m asossiz zarar bekor qilindi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlik subyektlarida ichimlik va oqova suv sarfi uchun mablag‘larning noto‘g‘ri hisoblanishi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.


Xususan, Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi “S.T.G.” MCHJga tegishli “M.” umumiy ovqatlanish shaxobchasida “Jizzax suv ta’minoti” AJ xodimlari tomonidan ichimlik suvidan foydalanish holati tekshirilgan. Natijada, tadbirkorga nisbatan 61 mln so‘m miqdorida zarar hisoblangan.


Bundan tashqari, Vakil devoniga yana 22 nafar tadbirkor xuddi shu mazmundagi muammo bilan murojaat qilgan. O‘rganishlar davomida “Jizzax suv ta’minoti” AJ tomonidan ushbu tadbirkorlarga nisbatan jami 843 mln so‘m miqdorida asossiz zarar hisoblangani aniqlandi.


Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra:

– Agar suv hisoblagich ishlamayotgani yoki plomba uzilgani aniqlansa, dalolatnoma tuzilib, iste’molchiga hisoblagichni 30 kun ichida qiyoslovdan o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilishi kerak.

– To‘lovlarni yuqori tariflar bo‘yicha hisoblash faqat ushbu 30 kunlik muddat davomida ko‘rsatma bajarilmagan taqdirdagina amalga oshiriladi.


Aniqlanishicha, suv ta’minoti korxonasi xodimlari yuqoridagi qaror talablariga rioya qilmagan. Tadbirkorlarga hisoblagichni tekshiruvdan o‘tkazish uchun tegishli muddat berilmasdan va vaziyat to‘liq o‘rganilmasdan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.


Natija: Biznes-ombudsman devoni va hududiy nazorat inspeksiyasining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida «Jizzax suv ta’minoti» AJ tomonidan tadbirkorlarga hisoblangan asossiz qarzdorliklar bekor qilinishi ta’minlandi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение