25 декабря 2025 г.

Baxmal tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi


Joriy yilning 24-dekabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolarini o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi.


Mazkur uchrashuvda Jizzax viloyati prokurori B.Ibroximov, Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori S.Usmanov hamda viloyat Ichki ishlar, Adliya, Soliq boshqarmasi, Majburiy ijro byurosi rahbariyati va viloyat sudi raisi ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda 60 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi.


Xususan, qabul davomida 15 nafar tadbirkor faoliyatida yuzaga kelayotgan turli to‘siq va masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение