Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Veterinariya
xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga
muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda
mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami
1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda.
Yakka
tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar
qiymatiga qo‘yilgan 5 000 AQSH dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30
kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor
qilindi.
Natijada
tadbirkorlarga ma’muriy organlar bilan munosabatga kirishishda ortiqcha
byurokratik to‘siqlar kamayishiga va ularning xarajatlari, vaqti va resursi
tejalishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun:
Tadbirkorlik
sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reestriga 36 mingdan ortiq
majburiy talablar kiritilgan.