11 декабря 2025 г.

Biznesda halollik va korrupsiyaning oldini olish mavzusida davra suhbati oʻtkazildi


Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan, “Uzbekistan Airways” AJda biznes halolligi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha huquqiy ongini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda Biznes-ombudsman devoni bosh inspektori Mirshod Nasullayev ishtirok etdi. U oʻz maʼruzasida Vakil devoni faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ilgari surish mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berdi.


Shuningdek, biznesning halolligi boʻyicha tashabbuslar, jumladan, Biznesning korrupsiyaga qarshi xartiyasining ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi. Davra suhbati davomida korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy ongini oshirish masalalari yuzasidan ham keng tushuntirishlar berildi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение