10 декабря 2025 г.

10 dekabr – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kun

Bu sana har birimiz uchun qadr-qimmat, shaxsiy erkinlik, adolat va tenglik tamoyillarining muhimligi va ustuvorligini anglatadi.


1948 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu tarixiy hujjat insoniyatning eng asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamladi va ularni umumjahon miqyosida tan olishga asos soldi.


Ushbu fundamental huquqlar har bir mamlakatning qonunchiligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari uchun ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


Deklaratsiyaning 17-moddasi:

Har bir inson ham yakka holda, ham boshqalar bilan birgalikda mulkdor bo‘lish huquqiga ega. Hech kim o‘z mulkidan o‘zboshimchalik bilan mahrum etilishi mumkin emas.


Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqali aynan shu adolat, tenglik va mulk daxlsizligining kafolatlanishi kabi inson huquqlarining ta’minlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.


Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish – mamlakatimizning umumiy rivojlanishi va barqaror taraqqiyotining muhim shartidir.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение