“Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra (PQ–365-son, 01.12.2025 y.), quyidagilar qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish doirasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi:
ishlab
chiqarish hajmini 62 trln so‘mga yetkazish;
qurilish
sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5
mlrd AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
ekologik
toza, resurs tejomkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish
hamda qurilishda ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.
Qarorga
ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston hududida
ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining Afg‘oniston
hududiga “Termiz” avtoyo‘l o‘tkazish punkti orqali Davlat chegarasidan xavfsiz
o‘tib qaytishlarini ta’minlaydi.
2026 yil 1 iyuldan shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza
qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini
shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan
qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurs
tejomkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni
tekshirish amaliyoti joriy qilinadi.