3 декабря 2025 г.

Inson huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligining ahamiyati muhokama qilindi

Bugun, 3-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Yoshlar ijod saroyi»da «Inson huquqlari va manfaatlari sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi» mavzusidagi toʻrtinchi milliy forum boʻlib oʻtdi.


Forumda Biznes-ombudsman devoni rahbari Jamshid Urunov maʼruza bilan ishtirok etib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini roʻyobga chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash, ushbu yoʻnalishdagi islohotlar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi.


Tadbirda 100 dan ortiq vakillar, xususan, xalqaro va xorijiy ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi yangicha yondashuv va mexanizmlarni muhokama qildilar. Forum natijalari davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining kelgusidagi hamkorlik strategiyasini belgilab olishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.


Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение