3 декабря 2025 г.

156 mln so'm qo'shimcha soliq va jarima bekor qilindi

Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi tadbirkor amaliy yordam so'rab Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, Xo'jayli tumanida faoliyat ko'rsatuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat faoliyatida o'tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasi bo'yicha qariyb 50 mln so'm qo'shimcha soliq hamda 106 mln so'm moliyaviy jarima qo'llanilgan.


O'rganishlar natijasida tekshiruv jarayonida belgilangan tartib buzilganligi aniqlanib, mansabdor shaxsga nisbatan ma'muriy jazo chorasi qo'llanildi. 


Shuningdek, soliqqa oid qonunbuzilish holatlari mavjudligi sababli jamiyatning huquqlari Nukus tumanlararo ma'muriy sudida himoya qilindi. 


Xususan, oʼtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida jamiyat tomonidan taqdim qilingan hisobotlar va mahsulotlar realizatsiyasi holati to'liq oʼrganib chiqilmasdan va o'zaro taqqoslanmasdan barvaqt qoʼshimcha soliqlar hisoblanib, moliyaviy jarimalar qoʼllanilganligi sababli jamiyatga nisbatan qabul qilingan qaror haqiqiy emas deb topildi.


Shu tariqa, tadbirkorning huquqlari to'liq himoya qilinib, 156 mln so'm miqdoridagi moliyaviy jarima va qo'shimcha soliqdan ozod etildi.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение