Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikning har qanday turlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari normalari va huquqiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish maqsadida tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish boʻyicha barcha zarur mexanizmlar yaratilgan.
Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar qonun bilan cheklangan boʻlib, tegishli choralar koʻrilishiga olib keladi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Agar faoliyatingizda turli to'siqlarga uchrayotgan bo'lsangiz, Biznes-ombudsmanga 1100 qisqa raqami, Tadbirkorlar virtual ofisi (https://business.gov.uz/) yoki info@biznesvakil.uz elektron manzili orqali murojaat yo'llang.